20:42 / 29.11.2016
6189

UZ zonasida ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 30 mingtaga yetdi

2016 yilning 29 noyabr holatiga ko‘ra milliy domen zonasida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 30035tani tashkil etmoqda. Bu haqda .UZ domeni ma'muriyati taqdim etgan statistikada ma'lum qilingan.

Avvalgi natija 2016 yilning 26 avgustidagi holat bo‘yicha 29 mingta domenni tashkil etgan edi. Eslatib o‘tamiz, 2016 yil boshida milliy domen zonasida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 25368ta edi. Joriy yilda eng ko‘p domen ro‘yxatdan o‘tgan oy aprel bo‘lgan – 1366ta.

 

Top