Hukumatning yagona interaktiv portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Valyuta siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi qaror loyihasi taqdim etildi

Valyuta siyosatini liberallashtirish va mukammallashtirish, ichki valyuta bozorining taraqqiyoti va uning samaradorligini oshirish, sub'yektlarning tashqi iqtisodiy faoliyati uchun sharoitlarni yaxshilash maqsadida:

1. Valyuta siyosati liberallashuvining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash:

- barcha davlat organlarining boshqarish usulini nazorat-cheklov yondashuvdan muhofaza-rag‘batlantiruvchi yondashuvga o‘zgartirish;

- respublika eksport salohiyatini rag‘batlantirish, ichki va tashqi bozorlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligini oshirish;

- valyuta operatsiyalarini o‘tkazish davomida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining barchasiga teng sharoitlar yaratish;

- milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursini faqatgina bozor mexanizmlarini qo‘llab belgilash;

- O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasining barqarorligiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi qonunchilik normalarini belgilashga yo‘l qo‘ymaslik;

2. 2017 yilning ....dan quyidagilarga muvofiq tartib o‘rnatish: 

- O‘zbekiston Respublikasi hududida sotiladigan tovar va xizmatlar bahosi, shuningdek ustav kapital uchun minimal talablar faqat milliy valyutada belgilanishi lozim;

- O‘zbekiston Respublikasi hududida tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni xorijiy valyutada amalga oshirish mutlaqo taqiqlanadi, to‘lov kartalari orqali amalga oshiriladigan to‘lovlar bundan mustasno;

- davlat boj to‘lovlari, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar O‘zbekiston hududida faqat milliy valyutada qabul qilinadi, erkin bojxona hududida undiriladigan boj to‘lovlari bundan mustasno. 

3. Yuridik huquqlarni to‘liq amalga oshirish va jismoniy shaxslarning o‘z mablag‘larini o‘zlari erkin boshqarishlarini ta'minlash maqsadida belgilansin:

- aksionerlar qarori asosida jismoniy shaxslar hisobida valyuta daromadlari va vositalari bo‘lgan taqdirda, foyda, dividend va boshqa daromadlar to‘lovini xorijiy valyutada amalga oshirish mumkin;