12:34 / 29.11.2016
45813

Virtual qabulxonaga eng ko‘p murojaatlar qaysi shahar aholisidan kelib tushayotgani ma'lum qilindi

Skrinshot: Bosh vazir virtual qabulxonasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar bo‘yicha statistik ma'lumotlarni kuzatib borish imkoniyati joriy etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning virtual qabulxonasi – PM.gov.uz 2016 yil 24 sentabrdan faoliyat yuritmoqda. O‘tgan ikki oy mobaynida virtual qabulxonaga 217 mingga yaqin murojaatlar kelib tushdi va ularning 135 mingdan ziyodi ko‘rib chiqildi, nafaqat ko‘rib chiqildi, balki murojaatchini qiynayotgan savollarga javob berildi yoki mavjud muammolar hal qilindi.

Quyidagi grafik suratlarda bugungi kungacha bo‘lgan qisqacha statistik ma'lumotlar:

Foto: Bosh vazir virtual qabulxonasi

Murojaatlarning aksariyati internet tarmog‘i orqali yuborilmoqda.

Foto: Bosh vazir virtual qabulxonasi

Murojaatlarning eng ko‘pi Toshkent shahri aholisi hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu internet tarmog‘idan foydalanuvchilarning ham eng katta qismi aynan Toshkent shahriga to‘g‘ri kelishi bilan ham bog‘liq ekanligi aytilgan.

Foto: Bosh vazir virtual qabulxonasi

Eng ko‘p murojaatlar quyidagi davlat idoralariga ijroga yuborilgan va ijrosi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Foto: Bosh vazir virtual qabulxonasi

Statistik ma'lumotlarning yangilanish davriyligi 12 soatni tashkil etadi (soat 12:00 va 24:00 da). So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, Bosh vazir virtual qabulxonasiga yuborilgan murojaatlar soni 218638tani, ko‘rib chiqilganlar soni esa 137602tani tashkil etmoqda.

Top