08:25 / 29.11.2016
3537

Janubiy Koreya prokuraturasi prezidentning sobiq kotibini so‘roq qildi

Foto: © RIA

Janubiy Koreya prezidentining sobiq kotiblaridan biri Xyon Gi Xvan 29 noyabr kuni Pusan shahri prokuraturasiga korrupsiyaga aloqadorlik bo‘yicha tergov berdi, deb xabar qilmoqda Yonxap agentligi.

Tergov jarayoni prezident Pak Kin Xe impichmenti bilan yakunlanishi ehtimoli tobora kuchayib borayotgan bir vaqtda bo‘lib o‘tgan. O‘tgan oyda, Koreya vaqtli matbuotida prezident dugonasi Tsoy Sun Silning poraxo‘rlik va davlat ishlariga aralashganligiga oid xabarlar paydo bo‘lgach, siyosiy mojaro avj olgan edi. 

2015 yil iyulidan Pak Kin Xening siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan Xyon Gi Xvan Pusanda 101 qavatli LCT osmono‘par binosini qurayotgan tadbirkorga imtiyozlar taqdim etganlikda gumon qilinmoqda. 

Tadbirkor ham qurilish chog‘ida bir o‘n million dollarni o‘zlashtirganlikda gumon qilinib, hibsga olingan. 

 

Top