09:55 / 30.11.2016
3719

Bayden Iroq Kurdistoni rahbari bilan kurdlar va Iroq hukumati hamkorligi borasida suhbatlashdi

Foto: © AP

AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden Iroq Kurdistoni rahbari Ma'sud Borzoniy bilan telefon orqali suhbatda Mo‘sulni ozod qilish bo‘yicha operatsiyani hamda Iroqning hududiy yaxlitligini saqlab qolish muhimligini muhokama qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma'lum qildi.  

"Vitse-prezident Iroq kuchlari tomonidan IShIDga qarshi kurashdagi yaqindagi muvaffaqiyatni qutladi hamda "peshmerg" tomonidan ko‘rsatilgan ko‘mak uchun prezident Borzoniyga minnatdorchilik bildirdi", deb aytildi xabarda. Bundan tashqari, Bayden "Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy va Iroq hukumati bilan hamkorlikning to‘xtamasligi muhimligini ta'kidlab o‘tdi". 

Suhbatdoshlar shuningdek Iroqning "hududiy yaxlitligi va suvereniteti"ni qo‘llab-quvvatlashlarini aytdilar hamda "Iroqdagi barcha operatsiyalar mamlakat hukumati bilan kelishilgan  holda amalga oshirilishini" tasdiqladilar.

 

Top