11:26 / 30.11.2016
4499

Fiat merosxo‘rini o‘zining o‘g‘irlash sahnasini uyushtirganlikda ayblashdi

Foto: Motor.ru

Nyu-York politsiyasi Fiat konserni merosxo‘ri Lapo Elkannani o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirganlikda aybladi. Bu haqda NYPD ma'lumotiga asoslanib, The Daily Beast nashri yozmoqda. 39 yashar Elkann 10 ming dollarlik garov puli berilayotganda qo‘lga olingan.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Elkann kompaniyadagi 29 yashar do‘sti bilan Manxettenda ko‘p miqdorda spirtli ichimliklar va turli narkotik moddalarga boy ziyofat tashkil etgan. Yigitlar ikki kun davomida ziyofatda hordiq chiqarishgan, shunda ularda naqd pul muammosi paydo bo‘lgan.

Shundan so‘ng Elkann o‘zini o‘g‘irlab ketishgani sahnasini uyushtiradi. U yaqinlariga bir ayol uni garovda ushlab turgani, agar 10 ming dollar bermasa, unga ziyon yetkazishini aytayotganini yetkazadi.

Elkanning yaqinlari u aytgan pulni ko‘rsatilgan manzilga yuborishadi, ammo shu asnoda Nyu-York politsiyasiga xabar berishga ham ulgurishadi. Ular tuzoq qo‘yishadi, pulni olishga borgan Elkann va uning hamrohini qo‘lga olishadi.
 

Top