23:03 / 30.11.2016
5617

Hindiston bir urinishda 83 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqarmoqchi

Foto: © AP Photo/ Arun Sankar K

Hindistonning koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) 2017 yil yanvardagi bir parvoz vaqtida birdaniga 83 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga chiqarmoqchi, deb xabar bermoqda Hindiston hukumatining koinot tadqiqotlari departamenti.

"ISRO 2017 yil yanvar oyi davomida Shrixarikotadagi Satish Dxavan nomidagi koinot markazidan PSLV-C37 raketa-tashuvchisi bortida 83 ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga uchirmoqchi", deb aytildi departament bayonotida.

Bu Hindiston uchun rekord parvoz bo‘ladi. Yozda ISRO orbitaga bir urinishda 20 ta sun'iy yo‘ldoshni chiqargandi.

Orbitaga chiqariladigan asosiy sun'iy yo‘ldoshlar 730 kg keladigan Cartosat-2 sun'iy yo‘ldoshi, u yer sirtini kuzatish uchun mo‘ljallangan va umumiy qiymati 30 kg dan kamroq bo‘lgan ikkita kichik sun'iy yo‘ldosh INS-1A va INS-1B bo‘ladi. Qolgan 80 ta sun'iy yo‘ldoshning umumiy og‘irligi 500 kg ni tashkil qiladi. Bu sun'iy yo‘ldoshlar 5 ta davlat – Isroil, Qozog‘iston, Niderlandiya, Shveytsariya va AQShga tegishli.

Departament shuningdek 2017 yilning 1-choragida kriogen pog‘onali raketa-tashuvchi GSLV–D1 uchirilishini ma'lum qildi. Raketa orbitaga GSAT-19 sun'iy yo‘ldoshini olib chiqadi.  

 

Top