07:55 / 30.11.2016
5869

Oq uy Kastro dafn marosimiga rasmiy delegatsiya yubormasligini ma'lum qildi

Foto: twitter.com/Veronica Ruiz

AQSh prezidenti Barak Obama Kubaning sobiq yetakchisi Fidel Kastro dafn marosimiga rasmiy delegatsiya jo‘natmaydi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.    

Ma'lum qilinishicha, AQShdan marosimda AQShning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Ben Rods hamda AQShning Kubadagi vaqtinchalik ishonchli vakili Jyeffri Dilaurentis ishtirok etadi. Biroq AQSh ularni rasmiy delegatsiya deb atamagan. 

Eslatib o‘tamiz, komandantening dafn marosimi 4 dekabrda bo‘lib o‘tadi.

 

Top