09:27 / 30.11.2016
10599

«Shapekoense» aslida boshqa samolyotda uchishi kerak bo‘lgan

Kolumbiyaning Medelin shahri yaqinida halokatga uchragan Braziliyaning «Shapekoense» klubi futbolchilari va xodimlari aslida boshqa samolyotda uchishlari kerak bo‘lgan. 

Xabar qilinishicha, klub delegatsiyasi oldindan rejalashtirilgan charter reys orqali uchish uchun olingan chiptalarni almashtirgan va Braziliya aviatsiya boshqarmasi qarori bilan xususiy yo‘lovchi tashuvchi samolyotga ko‘chirilgan.

Bunga charter reysni Fuqarolik aviatsiya agentligi reyestridan ro‘yxatdan o‘tkazish zaruriyati sabab bo‘lgan. Yakunda parvoz reja qilinganidan ikki soat keyin amalga oshirilgan.

Mavzuga oid
Top