30 noyabr oqshomida Angliya Liga kubogining chorak final bosqichi doirasida yana ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.
«Arsenal» o‘z maydonida «Sauthempton»ga imkoniyatni boy berdi - 0:2. Arsen Venger bu o‘yinda maydonga ikkinchi tarkibni tushirishga qaror qilgandi.
«Manchester Yunayted» esa o‘z maydonida «Vest Hem»ni yirik hisobda mag‘lub etdi - 4:1. Bu o‘yinda Ibrahimovich va Marsiyal ikkitadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Chorak finalning birinchi kun o‘yinlarida «Hall Siti» penaltilar seriyasida «Nyukasl Yunayted»ni yenggandi, «Liverpul» «Lids Yunayted»ni asosiy vaqtda 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
Angliya liga kubogi, chorak final
Arsenal – Sauthempton 0:2 (0:2, 0:0)
Gollar: 0:1 – 13 Klasi, 0:2 – 38 Bertran.
Arsenal – Martines, Gabriel, Gibbs, Jyenkinson (Meytlend-Naylz, 64), Xolding, Koklen, El-Nenni (Jaka, 43), Remzi, Ren-Adeled (Oksleyd-Chemberlen, 62), Ivobi, Peres.
Sauthempton – Forster, Yosida, Bertran, Martina, van Deyk, Devis, Klasi, Bufal (Sims, 66), Rid (Xeyberg, 65), Makkuin, Long.
Ogohlantirishlar: El-Nenni (29), Ivobi (33), Yosida (34), Peres (80).
Manchester Yunayted – Vest Hem 4:1 (1:1, 3:0)
Gollar: 1:0 – 2 Ibrohimovich, 1:1 – 35 Fletcher, 2:1 – 48 Marsyal, 3:1 – 62 Marsyal, 4:1 – 90 Ibrohimovich.
Manchester Yunayted – De Xea, Roxo, Jons, Shou (Blind, 46), Valensiya, Mxitaryan (Reshford, 90), Kerrik, Errera, Marsyal (Shvaynshtayger, 86), Runi, Ibrahimovich.
Vest Hem – Adrian, Ogbonna, Rid, Kressuell (Masuaku, 45), Antonio (Lansini, 58), Kuyate, Obiang, Payye (Dzadza, 76), Feguli, Fernandesh, Fletcher.
Ogohlantirishlar: Obiang (15), Valensiya (39), Runi (53).