07:31 / 01.12.2016
4145

Anqara YeI-Turkiya sammitini o‘tkazishga chaqirdi

Foto: Reuters

Anqara YeI-Turkiya sammiti o‘tkazilishini talab qilmoqda. Bu sammitda Bryussel va Anqara o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirishdagi to‘siqlarni bartaraf qilish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi, deb aytdi Turkiyaning Yevropa Ittifoqi ishlari bo‘yicha vaziri Omer Chelik Bryusselga tashrifi vaqtida.

Turkiya va YeI o‘rtasidagi munosabatlar Yevroparlament Turkiyaning YeIga kirishi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib turishga chaqiruvchi rezolyutsiyani ma'qullagandan keyin keskinlashib ketdi. Bu esa Anqaraning keskin munosabatiga sabab bo‘ldi.

"YeI-Turkiya sammitini o‘tkazish va kelishuvlarni, jumladan 18 martdagi kelishuvlar (migratsiya kelishuvi) masalalari yuzasidan to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qarorlar qabul qilishi lozim. YeIdan farqli o‘laroq, Turkiya bu kelishuvlar bo‘yicha o‘ziga qo‘yilgan majburiyatlarni ancha miqdorda bajardi", deb aytdi Chelik. Uning aytishicha, Anqara muhojirlar bo‘yicha kelishuvni bir tomonlama tartibda bajarishga majbur emas.

"YeI-Turkiya munosabatlari nafaqat noqonuniy migratsiya va terrorchilik bilan cheklanib qoladi. Bu kengroq soha, strategik aloqalarga urg‘u berish lozim", deb aytdi Chelik va Anqara YeI bilan kelishuvlarning amal qilish sanasi qachon tugashini  ma'lum qilmaganini qo‘shimcha qildi.

 

Mavzuga oid
Top