Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 2016 yil yakunlarini sarhisob qildi. Bunga bag‘ishlangan matbuot anjumanida davlat rahbari 3 soatdan ortiq vaqt davomida jurnalistlarning savollariga javob qaytargan.
Mamlakatning to‘g‘ri yo‘li haqida
«Bizga qanchalik tanqid yog‘dirishmasin – biz boshqa mamlakatni yaratdik. Endilikda amaldorlar soyabonlar olib yurishga majburlanmaydi. Biz to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganimizni baralla aytishim mumkin».
Korrupsiya haqida
«Fikrimcha, Qirg‘izistonda korrupsiya bilan kurash yangi darajada olib borilmoqda. Men mamlakat umuman boshqa ekanini ko‘rib turibman. Biroq korrupsiya bilan doimiy kurash olib borish zarur. Bugungi kunda bunday kurashning yangi bosqichiga o‘tmoqdamiz».
Yaqin Sharqdan muhojirlar haqida
«Qirg‘izistonning qochqinlarni qabul qilishi haqida birinchi marta eshitib turibman. Bunday qonun bizda tayyorlanganidan bexabarman».
Turk maktablari haqida
«Men «Sebat» muassislari bilan ta'lim Vazirligi bo‘lishi haqida kelishib oldim. Har ehtimolga qarshi. Ular oddiy maktablar bo‘ladi. Faqat nomi «Sapat» deb o‘zgartirilishi mumkin. Ularni yopmaymiz».
Sud islohoti haqida
«Islohot hali uzoq davom etadi. Referendumdan so‘ng jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi aniq».
Petr Poroshenkoni chuv tushirishgani borasida
«Buning hech kulgili joyi yo‘q» (rossiyalik prankerlar Aleksey Stolyarov (Lexus) va Vladimir Kuznetsov (Vovan)ning Poroshenkoni chuv tushirishgani haqida)
O‘z qo‘shiqlari haqida
«Menda hali juda ko‘p qo‘shiq bor! Atigi 4-5 trekdan so‘ng shuncha shov-shuv kelib chiqdi!».
Atambayevdan hisobot: Amaldorlar, korrupsiya, islohotlar, muhojirlar va o‘z qo‘shiqlari haqida









