18:24 / 01.12.2016
6827

"Formula-1" poygasi haqida antiqa video chop etildi

Hutterjoel YouTube-kanalida "Formula-1" poygasining 2016 yilgi mavsumida yuz bergan barcha to‘qnashuvlar aks etgan video chop etildi. 12 daqiqadan ko‘proq davom etuvchi rolikda poyga bolidlarining o‘zaro to‘qnashuvlari va haydovchilarning trassadan chiqib ketishlariga olib kelgan xatolarini ko‘rish mumkin. 

Poyganing 2016 yilgi mavsumi noyabr oxirida Abu-Dabi Gran-prisi bilan yakunlandi. Gran-prini Lyuis Xemilton yutganiga qaramasdan, chempionlik unvoni Mercedes-AMG jamoasining yana bir poygachisi Niko Rosbergga nasib etdi. Rosberg marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelgani uchun olgan ochkolari Xemiltonni umumiy hisobda ortda qoldirishiga yetarli bo‘ldi. Mercedes-AMG jamoasi esa muddatidan avval poyganing muhandislar kubogini qo‘lga kiritdi. 

Poyganing joriy mavsumida 21 ta bosqich bo‘ldi. Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) 2017 yilgi "Formula-1" taqvimining yakuniy versiyasini chop etdi. Navbatdagi mavsumda 20 ta bosqich bo‘ladi, unda boshqa Germaniya Gran-prisi bo‘lmaydi. Mavsum 26 mart kuni Avstraliyadagi poygadan boshlanadi.  

Mavzuga oid
Top