16:50 / 01.12.2016
5636

Qirg‘izistonda turk maktablari yopilmaydi

Foto: akipress

Qirg‘iziston davlat rahbari Atambayevning va'da berishicha, respublikadagi «Sebat» nomli turk maktablari tarmog‘i yopilmaydi, aksincha qayta tashkil etiladi. Almazbek Atambayev, o‘zining yildagi so‘nggi matbuot-anjumanida shu haqda so‘z yuritgan. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, u Fathulloh Gulen tashkiloti haqida eshitmagan, shu boisdan maktablarni Turkiyada davlat to‘ntarishini uyushtirgan tashkilotga nisbat berish axmoqlikdir. 

«Men Ta'lim vazirligi «Sebat»larning muassisi bo‘lishiga kelishib oldim. Har ehtimolga qarshi. Ular shunchaki maktablar ekanini bilsamda. Ularni qirg‘izcha «Sapat»ga almashtirishadi. Ularni yopmaymiz», - degan Almazbek Atambayev.
 
«Kimdir ularni yopmoqda, biroq, bizga sifatli maktablar kerak. Ulardagi nazoratni kuchaytiramiz. Turkiya bilan kelishmovchilikka Rossiya samolyoti bilan bog‘liq hodisa yuzasidan bergan bayonotim sabab bo‘lgandi. Ammo, keyinchalik Turkiya buni tan oldi. Bizga “katta og‘a”lar kerak emas, qanday yashashni ham o‘rgatishlariga muhtoj emasmiz», - degan Almazbek Atambayev.

Mavzuga oid
Top