Jahon | 23:20 / 01.12.2016
32029
1 daqiqa o‘qiladi

Klinton va Trampga ovoz berganlar soni orasidagi farq oshdi

Foto: © AP

AQShdagi prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragan Xillari Klinton joriy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘zining asosiy raqibi Donald Trampni 2,5 mln dan ko‘proq ovozga ortda qoldirmoqda.

Internetda erkin foydalanishda bo‘lgan saylov natijalari hali yakuniy emas va yana o‘zgartirilishi mumkin. Bu natijalarga ko‘ra, Klintonni 65,1 mln, Trampni esa 62,6 mln amerikalik qo‘llab-quvvatlagan. 

O‘tgan haftada Klinton va Trampga berilgan ovozlar o‘rtasidagi tavofut 2 mln ovozni tashkil qilayotgandi. 

8 noyabrda o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra Donald Tramp g‘olib bo‘lgandi. 

 

Mavzuga oid