15:12 / 01.12.2016
6220

Qozog‘istonda Birinchi Prezident Kuni nishonlanmoqda

Foto: Tengrinews.kz

Qozog‘istonliklar Birinchi Prezident Kunini nishonlashmoqda, deb xabar qiladi Tengrinews.kz. Mamlakatning barcha tumanlarida bayram tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, QR Senati 2011 yilda bunday bayramni ta'sis etish to‘g‘risida qonun qabul qilgan. 

Toldiqo‘rg‘onda Birinchi Prezident kuniga atab Nazarboyev haykali ochildi. Shuningdek, parlament deputatlari Qozog‘iston poytaxti nomini o‘zgartirishni ham taklif qilishdi. Ammo davlat rahbari bunga qarshi chiqdi.

Bugun esa QR Milliy banki yubiley banknotalarni muomalaga kiritdi. Nazarboyev tasvirlangan esdalik banknotasi ko‘k-moviy rangda tayyorlandi.

Foto: Tengrinews.kz

Ma'lumot uchun, Nursulton Nazarboyevning birinchi inauguratsiyasi 1991 yilning 10 dekabr kuni o‘tkazilgan. U Olmaotadagi Respublika saroyida Oliy Kengash deputatlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan.

Marosimda harbiy parad va kortej bo‘lmagan. Prezident QR Konstitutsiyasiga qo‘lini qo‘yib, mamlakat xalqiga qasamyod qilgan.

Shundan so‘ng esa unga QR Prezidenti guvohnomasi topshirilgan. O‘shandan beri beshta shunday marosim o‘tkazildi.
 

Mavzuga oid
Top