Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi prezidentga yangi qarorgoh barpo etilishi mumkin

Foto: TASS
O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov uchun xotira muzeyi Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohi hududida barpo etiladi. Bu haqda TASS axborot agentligi hukumatdagi bir necha manbasiga asoslangan holda xabar berdi.
O‘tgan oyda marhum prezidentning ikkinchi qizi Lola Karimova-Tillayeva Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi orqali bu mavzuni ko‘targandi.
"Otamning xotiralari va hayotda amal qilgan tamoyillarini abadiylashtirish maqsadida men onam bilan birgalikda Islom Karimov nomi bilan ataluvchi jamoatchilik xayriya Fondiga asos soldik. Fond o‘z oldiga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti xotirasiga bag‘ishlangan muzeyni tashkil qilish va Vatanimiz mustaqilligining asoschisi to‘g‘risida maqola va asarlar nashr etishni maqsad qilib olgan", degandi u.
TASS nashri muxbiri suhbatlashgan manba bu rejalarni tasdiqlagan. Suhbatdoshlardan biri Oqsaroy obekti maxfiyligi darajasi sezilarli darajada pasaytirilganini ma'lum qilgan.
"Hududga olib boruvchi yo‘ldagi postlar hajmi kamaytirilmoqda", degan u.
Bundan tashqari, ayni vaqtda Sharof Rashidov shohko‘chasi va Beshyog‘och ko‘chasi orasidagi Afrosiyob ko‘chasining (Oqsaroy qarorgohi yaqinidagi ko‘cha - tahr.) har ikki qismi avtomobillar harakatlanishi uchun ochiq. Bu ko‘cha bir necha yil ilgari O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti xavfsizligini ta'minlash maqsadida yopib qo‘yilgandi.
Hozirda ko‘chada harakatlanish yo‘lga qo‘yilgan, ammo ko‘chada keyinroq ta'mirlash ishlari olib borilishi ham mumkin.
Bundan oldingi xabarlarda bu qaror Toshkentda Islom Karimov xotirasiga atab xiyobon, muzey va yodgorlik bunyod etilishi haqidagi xabar bilan bog‘liqligi aytilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul boshlandi
Ta’lim | 12:15
-
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi
Jamiyat | 12:13
-
Tramp Putin bilan uchrashuv muvaffaqiyatsiz yakunlansa, sanksiyalardan voz kechmaydi – Grem
Jahon | 11:51
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 11:42
Mavzuga oid

10:30 / 02.06.2025
Qoraqalpog‘istonda iqlim muzeyi tashkil etiladi

20:48 / 29.05.2025
Temiryo‘l muzeyida ovqatlanish shoxobchasi va attraksionlar ochilgani tanqidlarga sabab bo‘ldi

11:05 / 29.05.2025
Sharq san’atidan metafizikagacha: “Olamlar orasidagi nur” ko‘rgazmasida nimalar namoyish etilmoqda?

11:05 / 10.05.2025