15:33 / 01.12.2016
4719

«Milan» qishda moliyaviy ta'minotsiz qolib ketishi mumkin

Italiyaning «Milan» klubi yanvar oyidagi transferlar mavsumida yangi futbolchilarni sotib ololmasligi mumkin.

Football Italia nashrining Gazzetta dello Sport‘ga tayanib xabar berishicha, hujjatlardagi turli xil byurokratik muammolar tufayli jamoaning yangi egasi bo‘ladigan Xitoy kompaniyasi tomonidan milanliklarni moliyalashtirish imkoniyati bo‘lmay qolishi mumkin.

Hozirda «rossonerilar» rahbariyati Xitoy kontsorsiumi moliyalashtirishini hisobga olib, yanvardagi transferlar vaqtida «Chelsi»dan Sesk Fabregas, «Latsio»dan Keyta Balde va «Hoffenhaym»dan Sebastyan Rudini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq «Milan» Xitoyning Sino Europe Sport kompaniyasiga rasman 13 dekabr kuni sotilishi ma'lum qilingandi.

Top