2017 yilda neft eksport qiluvchi davlatlar tashkiloti OPeKga Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al-Falih boshchilik qiladi.
Bu haqda OPeKning amaldagi prezidenti, Qatar energetika va sanoat vaziri Muhammad ibn Saloh as-Sa'd tashkilotning Venadagi uchrashuvidan keyin o‘tkazilgan matbuot-anjumanida ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar bermoqda.
Venadagi uchrashuvda neft qazib olish hajmini kuniga 1,2 mln barrelga kamaytirishga kelishib olindi. 2017 yil 1 yanvaridan bu hajm kuniga 32,5 mln barrelni tashkil qiladi.