"Progress" kosmik yuk kemasi falokatga uchradi

© Foto: "ROSKOSMOS"
Rossiyaning "Progress" kosmik yuk kemasi Tuvadagi kimsasiz tog‘li hudud ustida 190 km balandlikda falokatga uchradi. Kemaning aksariyat bo‘laklari atmosferada yonib ketgan, deb ma'lum qildi "Roskosmos".
Eslatib o‘tamiz, "Soyuz-U" raketa-tashuvchisi yangi seriyadagi "Progress MS-04" yuk kemasi bilan 1 dekabrda Toshkent vaqti bilan 19.52 da Boyqo‘ng‘irdan Xalqaro koinot stansiyasiga uchirilgandi. Kema XKSga 2,5 tonna yuk, jumladan yoqilg‘i, suv va boshqa zarur narsalarni yetkazishi kerak edi. "Roskosmos"ning ma'lumotlariga ko‘ra, "Progress" uchirilgandan keyin 383 soniyadan keyin telemetriya yo‘qolib qolgan, ya'ni undan ma'lumotlar kelishi to‘xtagan.
Ta'kidlanishicha, "Progress"ning yo‘qotilishi XKSning ekipaji faoliyati va tizimlarining normal ishlashiga ta'sir qilmaydi. Davlat komissiyasi ushbu vaziyatni tahlil qilmoqda.
Ma'lumotlarga ko‘ra, "Progress" bilan aloqa uzilishidan avval kemaning barbod bo‘lishi qayd qilingan.
"Mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, kema barbod bo‘lishi qayd qilingan. Ehtimol, portlash yuz bergan bo‘lishi mumkin. Hozir ma'lumotlar tahlil qilinmoqda", deb aytilgan xabarda.
Kemaning bo‘laklari Tuva hududiga tushgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, "Progress M-12M" yuk kemasining falokatga uchrashiga sabab bo‘lgan raketa-tashuvchi bilan shunga o‘xshash holat 2011 yil 24 avgustda raketaning 3-pog‘onasi ishi vaqtida yuz bergan.
Mavzuga oid

00:03 / 19.10.2019
Tarixda ilk bor ikki ayol fazogir bir vaqtda ochiq koinotga chiqdi (video)

23:31 / 28.03.2018
Ilon Mask o‘z kemasida Xalqaro koinot stansiyasiga fazogirlarni yubormoqchi

23:45 / 09.01.2018
Yaponiyalik fazogir vaznsizlikda 3 hafta ichida 9 santimetrga o‘sdi

09:20 / 17.12.2017