O‘zbekiston | 16:44 / 01.12.2016
14991
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining virtual qabulxonasi ishga tushdi

Foto: vazir.agro.uz

Bugungi kunda yurtimizda hukumat organlarining elektron ko‘rinishdagi interfaol xizmatlar ko‘rsatishi zamon talabiga aylanib bormoqda. 

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunida davlat organlariga murojaat qilish tartiblari huquqiy tomondan mustahkamlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktabrdagi “Vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shahar va tumanlari hokimlarining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarini so‘zsiz bajarish yuzasidan javobgarligi to‘g‘risida”gi 366-sonli qaroriga muvofiq bu boradagi sa'y-harakatlar davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifaga aylantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi ham jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash holatini tubdan isloh qilish, kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda. Shuni mamnuniyat bilan ma'lum qilamizki, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar bilan ishlashning sifati va samarasini yanada oshirish maqsadida Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining vazir.agro.uz virtual qabulxonasi ishga tushirildi.

Har bir jismoniy va yuridik shaxs ushbu virtual qabulxona orqali vazirlik faoliyatiga doir savol, shikoyat va takliflarni Qishloq va suv xo‘jaligi vaziriga bevosita yo‘llashi mumkin.

Mavzuga oid