14:53 / 02.12.2016
10324

80 yillik fizik nazariya tasdiqlandi

Italiya va polshalik fiziklar ilk marta 1930-yillardayoq kvant elektrodinamikasi tomonidan mavjudligi taxmin qilingan vakuum xususiyatlarini kuzatishdi. Yevropa janubiy rasadxonasining YouTube kanalida bunga izoh beruvchi video paydo bo‘ldi. 

Kuzatuvlar vakuumning ikkilamchi nur sinishi kvant effektiga moyil ekanligini ko‘rsatdi. "Kvant elektrodinamikasi doirasida kuchli magnitlangan vakuum unda tarqaluvchi nurga nisbatan prizma kabi harakatlanmoqda. Aynan shu effekt vakuumdagi ikkilamchi nur sinishi deb ataladi", - ta'kidladi tadqiqot rahbari Roberto Minyani.

Ma'lumotlar tahlili olimlarga taxminan 16 foiz chiziqli polyarizatsiyani aniqlash imkonini bergan. Astrofiziklar uni RX J1856.5-3754 neytron yulduzini o‘rab turuvchi kenglikdagi vakuum ikkilamchi sinishi effekti ta'siri sifatida talqin qilishdi. 

Zamonaviy o‘lchov texnikasi imkoniyatlarini hisobga olib, bu ko‘rinishni faqat o‘ta kuchli magnit maydonlarida kuzatish mumkin. Neytron yulduzlar - RX J1856.5-3754 yaqinida aynan shunday sharoitlar mavjud. Astrofiziklar bu hodisani Chilida joylashgan Yevropa janubiy rasadxonasidagi Juda katta teleskop yordamida kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi.  

Vakuumdagi ikkilamchi nur sinishi nazariy tomondan taxminan 80 yil avval fizik olimlar Verner Geyzenberg va Gans Eylerlarning ilmiy ishlarida bayon qilingan. Shuni ta'kidlash joizki, olimlar ilk marta kvant hodisasining mavjudligini tasdiqlovchi kuzatuvlarni amalga oshirishdi. 

Mavzuga oid
Top