23:39 / 02.12.2016
9562

Antonio Konte Mourinoning «Chelsi»da chiqargan qaroridan afsuslanishini bildirdi

Londonning «Chelsi» klubi bosh murabbiyi Antonio Konte «Manchester Siti» klubiga qarshi o‘yin arafasida yarimhimoyachi Kevin De Bryuyne aynan raqib jamoa safida to‘p surayotganidan afsusda ekanini bildirib o‘tdi.

«Albatta De Bryuyne raqib tarkibida o‘ynayotganidan afsusdaman. U fantastik futbolchi. Ammo u endi «Manchester Siti» uchun to‘p suradi. Unga eng yaxshi tilaklarni tilayman, ammo faqat bizga qarshi o‘yindan keyin» - deya Kontedan iqtibos keltiradi Mirror nashri.

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchi avval «Chelsi» tarkibida o‘ynagan, biroq jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino uni klub darajasida emas deb hisoblab «Volfsburg»ga sotib yuborilishiga sababchi bo‘lgandi.

Joriy mavsumda Kevin «Manchester Siti» tarkibida chempionat o‘yinlarida yettita golli uzatma amalga oshirib Yevropaning eng yaxshi pleymeykerlaridan biri bo‘lib turibdi.

Top