18:58 / 02.12.2016
4820

Johnson & Johnson nuqsonli mahsulotlari uchun yirik miqdorda jarima to‘laydi

Foto: diariocatolico.net

AQShning Dallas shahri federal hakamlik sudi Johnson & Johnson kompaniyasi va uning DePuy Orthopaedics sho‘'ba korxonasiga sifatsiz mahsulotlari uchun 1 mlrd dollarga yaqin jarima to‘lash majburiyatini yukladi. Ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan tos-son sohasi uchun mo‘ljallangan Pinnacle endoprotezlari talabga javob bermagan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.

Hakamlar tomonidan aniqlanishicha, Pinnacle protezlarida nuqsonlar bo‘lgan, ammo xaridorlarni hech kim ogohlantirmagan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, Johnson & Johnson kompaniyasiga qarshi 8 mingdan ortiq ariza kelib tushgan. 

O‘z navbatida, kompaniya advokatlari sud qarori yuzasidan apellyatsiya berishlarini ma'lum qilishgan. 


 

Top