15:06 / 02.12.2016
5101

“LUKoyl” rahbari neft qazib olish hajmini cheklash borasidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi

Foto: © RIA Novosti

Rossiyaning “LUKoyl” neft kompaniyasi rahbari Vagit Alekperovning fikricha, neft oluvchi mamlakatlar OPeK tomonidan qabul qilinuvchi qaror narxlarni oshishiga turtki bermasa, neft olish hajmini qo‘shimcha ravishda cheklash mumkin. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Vaziyat barqarorlashadi. Agarda bu yordam bermasa, navbatdagi qadamlar amalga oshiriladi. Bozorda bizning mahsulotimiz talabgir bo‘lmasa, uni ishlab chiqarishdan nima foyda? Bu istalgan ishlab chiqaruvchining tabiiy reaksiyasidir”, - ma'lum qildi Alekperov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, har bir mamlakat neftning adolatli narxidan manfaatdordir.

“LUKoyl” rahbarining taxminicha, 2017 yilda neft narxi bir barrelga 60 dollar atrofida bo‘ladi.

Avvalroq, OPeK mamlakatlari neft qazib olish hajmini qisqartirishga kelishib olganliklari xabar qilingandi.
 

Mavzuga oid
Top