17:49 / 02.12.2016
6974

Mourino «Barselona» futbolchisini «Manchester Yunayted»da ko‘rishni istamoqda 

Foto: TASS

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino qishki transferlar vaqtida jamoa tarkibini «Barselona» yarim himoyachisi bilan to‘ldirishni istamoqda.

Don Balon nashrining xabariga ko‘ra, portugaliyalik mutaxassis kataloniyaliklar jamoasining xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitichni qo‘lga kiritmoqchi. U bu futbolchini Pol Pogba uchun eng munosib tandem-sherik sifatida ko‘rmoqda. 

Yozgi transferlar vaqtida, Rakitichga Madridning «Real» jamoasi ham da'vogarlik qilgandi.

28 yoshli ushbu futbolchi ko‘k-anorranglilar jamoasi safida barcha turnirlarni hisoblaganda 18 o‘yin o‘tkazdi va 2ta gol urib, bir golga hammuallif bo‘ldi.

Transfermarkt.de portali futbolchining transfer qiymatini 50 mln yevroga baholagan, uning «Barselona» bilan shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan.

Daily Star xabariga ko‘ra, manchesterliklar ushbu futbolchi transferi uchun 35 mln funt sarflashga tayyor.

Top