19:23 / 02.12.2016
35947

«Oltin to‘p» uchun da'vogar yakuniy uchlik aniq bo‘ldi

Foto: EPA

FIFA mavsumning eng yaxshi futbolchisiga topshiriladigan «Oltin to‘p» mukofotiga da'vogarlarning yakuniy uchligini ma'lum qildi. 

Mavsumning eng yaxshi bo‘lish uchun da'vogarlar qatorida endilikda "Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu, "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann va  "Barselona" hujumchisi Lionel Messi qolmoqda.

Serxio Aguero (Argentina, "Manchester Siti"), Garet Beyl (Uels, "Real"), Janluidji Buffon (Italiya, "Yuventus"), Kevin de Breyne (Belgiya, "Manchester Siti"), Zlatan Ibrahimovich (Shvetsiya, "Manchester Yunayted"), Andres Inesta (Ispaniya, "Barselona"), Ngolo Kante (Fransiya, "Chelsi"), Toni Kroos (Germaniya, "Real"), Robert Levandovski (Polsha "Bavariya"), Riyoz Mahrez (Jazoir, "Lester"), Luka Modrich (Xorvatiya, "Real"), Manuel Noyyer (Germaniya, "Bavariya"), Neymar (Braziliya, "Barselona"), Mesut O‘zil (Germaniya, "Arsenal"), Dimitri Payye (Fransiya, "Vest Hem"), Pol Pogba (Fransiya, "Manchester Yunayted"), Serxio Ramos (Ispaniya, "Real"), Aleksis Sanches (Chili, "Arsenal"), Luis Suares (Urugvay, "Barselona"), Jyeymi Vardi (Angliya, "Lester") kabi futbolchilar birinchi bosqichdan keyin da'vogarlar ro‘yxatini tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yildan yilning eng yaxshi futbolchisiga «Oltin to‘p» France Football topshiriladigan bo‘ldi.

France Football jurnali 1956 yildan boshlab «Oltin to‘p» mukofotini eng yaxshi futbolchiga topshirib kelgan edi. 1988 yilda esa FIFA «Yil futbolchisi» mukofotini joriy etdi.

2010 yilda jurnal tahririyati va FIFA besh yillik shartnoma imzolagan edi. Unga ko‘ra, FIFA milliy terma jamoalarning murabbiylari, sardorlari va OAV vakillari ovozi orqali «Oltin to‘p» mukofotini topshirib borishi ko‘zda tutilgan edi.

«Oltin to‘p» mukofotini FIFA topshirishni boshlaganidan buyon unga faqatgina ikki futbolchi — «Barselona» hujumchisi Lionel Messi (2010, 2011, 2012, 2015) hamda «Real» yetakchisi Krishtianu Ronaldu (2013, 2014) qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid
Top