2 dekabrda «PRESS-CLUB: ELECTIONS.UZ-2016” press-klubida “Özbekistonda saylov qonunçiligi: Sönggi innovatsiyalar” mavzusidagi beşinçi sessiya bölib ötdi.

Unda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari Rahimjon Hakimov, Şuhrat Yoqubov, Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili örinbosari Sanjar Hamidullayevlar qatnaşişdi. 

Özbekistonda Prezidentlik saylovi natijasi qaçon e'lon qilinişi masalasiga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rahimjon Hakimov oydinlik kiritdi: 

“Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi töğrisida”gi qonunning 36-moddasiga köra, Özbekiston Prezidenti saylovi bölib ötgan kundan keyin 10 kun içida Markaziy saylov komissiyasi saylov natijalarini e'lon qiladi”, dedi u.