14:18 / 02.12.2016
5248

Tailand ko‘chalari yangi monarx portretlari bilan bezalmoqda

Foto: The Nation

Tailand yangi qiroli - Max Vachiralongkorn Bodintxaratxeppxayavarangkun (Rama X)ning portretlari monarx taxtga o‘tirgan kunining ertasidanoq Bangkok ko‘chalarida paydo bo‘ldi.  

Tailanddagi ko‘plab ibodatxonalarda kechadan buyon budda monaxlari yangi hukmdor portreti oldida uning haqqiga ibodat qilishmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Vissanu Krea-Ngam ma'lum qilishicha, Rama X'ning taxtga o‘tirishiga qaramay, Tailand ko‘chalari va davlat muassasalarining atrofi uning marhum otasi suratlari bilan bezatilgan. 

Bundan tashqari, mamlakatda motam saqlanib qolmoqda, barcha davlat amaldorlari va idora xodimlari ham marhum qirol xotirasiga hurmat bajo keltirishi talab etiladi. Ular bir yil davomida qora va oq rangdagi kiyim yoki yengida motam tasmasi bo‘lgan xizmat uniformasini kiyishlari kerak bo‘ladi. 

Rama X 1 dekabr kuni taxtga o‘tirdi. Tailand televideniyesi tomonidan translyatsiya qilingan audentsiya marosimida mamlakat bosh vaziri Prayut Chan-Ocha, regent Prem Tinsulanon va Oliy sud rahbari ishtirok etishdi. 

Mavzuga oid
Top