09:08 / 03.12.2016
10921

3 dekabr tongining eng muhim va qiziqarli voqealari

Foto: Kun.uz

2 dekabr tuni va 3 dekabr tongida sodir bo‘lgan eng muhim va qiziqarli xabarlarning eng saralari Kun.uz dayjestida.

Dunyoning bir nechta shaharlarida dizel avtomobillar taqiqlab qo‘yiladi

Foto: Getty Images

 

Afina, Mexiko, Madrid va Parij merlari Mexikoda dunyo shaharlari yetakchilari uchrashuvida 2025 yilgacha dizel yoqilg‘ida ishlovchi yengil va yuk mashinalarini taqiqlashga kelishib oldilar.

>>> Batafsil 

Putin Rossiya fuqaroligini olishdagi qog‘ozbozchilikni kamaytirishga chaqirdi

Foto: Reuters

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olishni, ayniqsa sobiq ittifoqdan kelganlarga, soddalashtirishga chaqirdi.

>>> Batafsil 

AQSh Xitoyga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Foto: Getty Images

AQSh Davlat departamenti va Oq uy vakillari Shimoliy Koreya bilan noqonuniy biznes olib borayotgan va shu tariqa Pxenyanga qarshi kiritilgan sanksiyalarni buzayotgan Xitoy kompaniyalariga sanksiyalar kiritishga va'da berdi.

>>> Batafsil 

AQSh kongressi Pentagonga Rossiya bilan hamkorlik qilishni taqiqlab qo‘ydi

Foto: EPA-ELTA nuotr.

AQSh kongressi vakillar palatasi Pentagonga 2017 yilda pul mablag‘lari taqdim qilishni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini qabul qildi.

>>> Batafsil 

Xitoy hukumati ko‘mir konida konchilar halok bo‘lganini tasdiqladi

Xitoy hukumati Tsitayxe shahar okrugidagi ko‘mir konida 21 konchi halok bo‘lganini tasdiqladi.

>>> Batafsil 

Tramp uchta davlat yetakchisi bilan suhbatlashdi

Foto: © AP

AQSh prezidenti etib saylangan Donald Tramp uchta davlat: Afg‘oniston, Singapur va Tayvan yetakchilari bilan telefon orqali suhbatlashdi.

>>> Batafsil 

Turkiya Rossiya bilan gaz quvuri qurilishi bo‘yicha bitimni ratifikatsiyalashtirdi

Foto: TurkStream

Turkiya parlamenti Rossiya bilan "Turk oqimi" gaz quvuri qurilishi loyihasi bo‘yicha kelishuvni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi.

>>> Batafsil 

Mashhur olim Stiven Xoking shifoxonaga tushib qoldi

Nazvaniye

2 dekabrda britaniyalik mashhur olim Stiven Xoking shifoxonaga tushib qoldi. Mashhur fizik-nazariyotchi Rimda o‘zini yomon his qilgandan keyin shifoxonaga yotqazilgan.

>>> Batafsil 

Antarktidada 14 mln yillik qanot topildi

Foto: North Dakota State University / Smithsonian Institution

AQShning Shimoliy Dakota universiteti va Smitsonlar instituti olimlari Antarktidada ikkita toshga aylangan qanotlarni topishdi, ular aniqlanishicha qo‘ng‘izga tegishli bo‘lgan.

>>> Batafsil 

Duyoning eng boy odami suvsiz ishlovchi unitazga sarmoya ajratdi

Foto: Reuters

Dunyoning eng badavlat odami Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda Geyts suvsiz ishlovchi unitazni yaratishga mablag‘ ajratishdi.

>>> Batafsil 

Yangi Toyota Camry’ning ilk fotosurati paydo bo‘ldi

Toyota kompaniyasi keyingi avlod Camry sedanining birinchi tizerini chop etdi. Yangi avloddagi avtomobil namoyishi Detroytda yanvardagi motorshouda bo‘lib o‘tadi.  

>>> Batafsil 

Germaniyada jamoalarga 4 nafar futbolchi almashtirishga ruxsat berildi

Nemis futbol ittifoqi (DFB) Germaniya kubogi o‘yinlarida jamoalarga 4 nafar futbolchini almashtirishga ruxsat berdi.

>>> Batafsil

Top