09:52 / 03.12.2016
6188

«Barselona» yetakchilaridan biri jarohatidan qutulib «Real»ga qarshi o‘ynashga tayyor ekani ma'lum bo‘ldi

«Barselona» klubi yarimhimoyachisi Andres Inesta Ispaniya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan eng muhim uchrashuv «Real»ga qarshi to‘qnashuvda maydonga tushish uchun tayyor, deb yozmoqda Tribuna.uz sayti.

Inesta oktabr oyining so‘nggida La-liga doirasidagi «Valensiya»ga qarshi uchrashuvda (3:2) tizzasidan jarohat olib safdan chiqqandi. So‘nggi besh kunni ispaniyalik futbolchi shifokorlar nazorati ostida o‘tkazdi.

Tibbiyot xodimlari uning mashg‘ulotlardagi harakatiga qarab «el-klasiko»da maydonga tushishiga ruxsat berishdi.

Mavzuga oid
Top