21:25 / 03.12.2016
19125

Foto: «Manchester Siti» - «Chelsi» bahsi yakunidagi janjal

Angliya chempionatining 14-turi doirasida "Manchester Siti" va "Chelsi" jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuv mushtlashuv bilan yakunlandi. 

Qo‘shimcha daqiqalar davom etayotgan pallada mezbonlar hujumchisi Serxio Aguero David Luizga qo‘pollik qildi. Natijada voqea hududida ikki jamoa futbolchilari o‘rtasida janjal boshlandi va bunga zaxira futbolchilari ham kelib qo‘shildi.

Natijada uchrashuv hakami Entoni Teylor Serxio Aguero va uning jamoadoshi Fernandinoga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Top