14:09 / 03.12.2016
5408

OPeK kelishuvi ayrim mamlakatlar sababli bekor bo‘lishi mumkin

Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti OPeKning neft qazib olish hajmini qisqartirish bo‘yicha kelishuvi ko‘plab mamlakatlar iqtisodiyotini qutqarishi mumkin. Biroq, uning muvaffaqiyati, Saudiya Arabistoni sobiq neft vaziri Ali al Naimiyning fikricha, ishlab chiqarish hajmini pasaytirish bo‘yicha mas'uliyatni zimmasiga olgan tomonlarning rostgo‘yligiga bog‘liq, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi. 

«Ularning ixtiyoridagi yagona ta'sir ko‘rsata oladigan narsa, — bu qazib olishni cheklashdir. Afsuski, ko‘pchilik bu shartlarni sidqidildan bajarishni xohlamaydi», — degan al Naimiy. 

20 noyabr kuni OPeK a'zolari kunlik neft qazib olish miqdorini 1,2 mln barrelgacha qisqartirib, 32, 5 mln barrel qora oltinni jahon bozoriga chiqarishga kelishib olishdi. Bunga tashkilotga a'zo bo‘lmagan davlatlar, xususan Rossiya ham qo‘shildi. 

Ammo, al Naimiy barcha mamlakatlar ushbu kelishuvga birdek rioya qilishlarini shubha ostiga qo‘ymoqda. U shuningdek, Rossiyaning kunlik neft qazib olishni 300 ming barrelga qisqartirishi haqidagi xabarlarga ham salbiy yondashgan. «Rossiya qazib olishni 300 ming barrelga kamaytirishi mumkinmi? Bilmadim. Lekin, ular o‘tgan safar va'dasida turmagan».

Top