19:28 / 04.12.2016
10837

Pentagon rahbari Rossiya bilan hamkorlik qilish imkoniyatiga izoh berdi

Foto: Reuters

AQSh Rossiya bilan ikki davlat manfaatlari mos keladigan yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlashi kerak, deb aytdi Pentagon rahbari Eshton Karter. Karter bu haqda Kaliforniya shtatida xavfsizlik bo‘yicha o‘tkazilgan forumdagi nutqida aytib o‘tdi.

Karter Rossiyaning Ukraina va Suriyadagi harakatlarini tanqid qildi hamda Moskvani kiberhujumlarda aybladi. Uning aytishicha, bu harakatlar o‘z qadamlari uchun javob beradigan davlatdan kutiladigan harakatlar emas.

Karterning aytishicha, Vashington Moskva bilan "sovuq urush ham, issiq urush ham" istamaydi. Karter AQSh "Rossiyani dushman sifatida ko‘rmoqchi emasligini, biroq o‘z ittifoqdoshlarini himoya qilishini" ta'kidlab o‘tdi.  

Karter NATOning Yevropadagi harbiy mavjudligining kengaytirilishi va Moskva tomonidan go‘yoki "tajovuzkor harakatlar"ning ushlab turilishini eslatib o‘tdi. "Biroq shu bilan birga bizning manfaatlar mos keladigan yo‘nalishlarda Rossiya bilan hamkorlik uchun eshiklarni ochiq ushlash kerak", deb aytdi Karter.

Karter o‘zining vorisi general Jyeyms Mattis haqida ham to‘xtalib o‘tdi. "Men Jim bilan ko‘p yil davomida birga ishlaganman, u mening do‘stim va men u haqda yaxshi fikrdaman", deb aytgan Karter o‘z vorisi haqida.

2 dekarbda AQSh kongressi quyi palatasi AQShning 2017 yil uchun mudofaa byudjyeti qonun loyihasini tasdiqladi. Qonunda jumladan Rossiya bilan harbiy hamkorlik qilishga taqiqlov ko‘zda tutilgan.

 

Mavzuga oid
Top