09:18 / 04.12.2016
5663

Prezident saylovi: Soat 9:00 holatiga davomat 17,7 foizni tashkil etmoqda

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasiga Prezidenti saylovi bo‘yicha soat 6:00da boshlangan ovoz berish jarayoni haqidagi ma'lumotlar onlayn rejimida kelib tushmoqda.

Saylovni yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi axborotiga ko‘ra, soat 09:00gacha saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 20 million 428 ming 891 saylovchining 3,6 million nafardan ortig‘i, ya'ni, 17,72 foizidan ortig‘i ovoz berib bo‘ldi.

Saylov jarayoni davom etmoqda.

Top