10:52 / 04.12.2016
5825

Rossiyalik senator O‘zbekistondagi saylovlarda qoida buzilishlari qayd etilmaganini ma'lum qildi

Rossiya federatsiyasidan bo‘lgan senator, mamlakat mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun saylovda kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Muxarbek Didigov O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasida hech qanday qoia buzilishlari ma'lum bo‘lmagani haqida gapirdi.

«Hech qanaqa qoida buzilishini ko‘rmadim. Boshqa ko‘p kuzatuvchilar bilan ham gaplashdim. Ular ham shu gapni aytishi mumkin», — degan u.

U kampaniya davomida Toshkentdan tashqari Samarqand va Buxoro shaharlarida ham bo‘lganini aytib o‘tgan.

Uning fikr bildirishicha, «O‘zbekiston barqarorlik uchun ovoz bermoqda».

Bugun, 4 dekabr kuni O‘zbekistonda mamlakat prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan Sarvar Otamuratov, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Shavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasidan Xatamjon Ketmonov va «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan Narimon Umarov o‘z nomzodini qo‘ygan.

Top