Jahon | 08:32 / 05.12.2016
6451
1 daqiqa o‘qiladi
Yangi Zelandiya bosh vaziri o‘z vazifasini tark etmoqda
Yangi Zelandiya Jon Ki iste'foga chiqishi haqida bayonot berdi. U bu haqda har hafta o‘tkaziladigan matbuot anjumanida ma'lum qilgan, deb yozmoqda The New Zealand Herald.
Ta'kidlanishicha, ushbu e'lon barcha to‘planganlarning hayratiga sabab bo‘lgan. Nashrning taxminiga ko‘ra, Kining rafiqasi Brona undan iste'foga chiqishni so‘ragan.
«Bu hayotimdagi eng og‘ir qaror va men kelgusida nima qilishni bilmayman», — degan Ki hamda oilaviy sabablar bo‘yicha vazifasini tark etayotganiga oydinlik kiritgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazirlik vazifasi ko‘p narsani, xususan, o‘z oilasini ham qurbon qilishni talab qiladi. Endilikda, u rafiqasi bilan sayohatga chiqmoqda.