Sport | 22:15 / 05.12.2016
12203
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya chempionatida ilk o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin

Yaponiyaning «Jubilo Ivata» klubi Qarshining «Nasaf» jamoasi vakili Fozil Musayev bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar beradi Sports.uz.

Manba bergan xabarda qayd qilinishicha, futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatli yakun topgan. Agar Fozil Musayev dekabr oyi davomida tibbiy ko‘rikdan muammolarsiz o‘tib olsa, «Jubilo Ivata» klubi bilan shartnoma imzolaydi.

Ma'lumot uchun, «Jubilo Ivata» Yaponiya «Jyey» ligasining oxirgi mavsum birinchi bosqichida 17 uchrashuvdan keyin 23 ochko to‘plab, 8-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-bosqichda 13 ochko bilan 14-pog‘onanini band etgandi.