00:29 / 05.12.2016
5723

Dubaydagi yirik avtohalokatda 5 kishi halok bo‘ldi

Dubaydagi yirik yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi va 4 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda The National.

20 ishchini olib ketayotgan avtobus Al Rabbat-Al Garhoud trassasida yuk mashinasiga urilgan.

Avtobusdagi 4 nafar yo‘lovchi voqea joyida, yana bir kishi shifoxonada halok bo‘lgan.

Yana 4 kishi shifoxonada qolmoqda. Politsiya YTH sabablarini aniqlashtirmoqda.

 

Top