O‘zbekiston | 21:39 / 05.12.2016
15471
2 daqiqa o‘qiladi

YeXHT: O‘zbekistondagi saylovlar keng qamrovli islohotlar zarurligini ko‘rsatdi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezident saylovi tizimli kamchiliklarni bartaraf etish uchun keng qamrovli islohotlar olib borilishi zarurligini ko‘rsatgan. Bu haqda YeXHT saylov kuzatish missiyasi rahbari Piter Teyler aytib o‘tgan.

"4 dekabr kuni O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan saylov shuni ko‘rsatdiki, tizimli kamchiliklarni tuzatish uchun keng qamrovli islohotlar o‘tkazish zarur", — degan Teyler saylov yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani vaqtida.

YeXHT kuzatish missiyasi saylov rahbariyati o‘z ishida oshkoralikni oshirishi va saylovlar kerakli darajada o‘tkazilishi uchun ko‘plab choralarni ko‘rishi zarurligini qayd etib o‘tgan.

O‘zbekistonda prezident saylovi 4 dekabr kuni o‘tkazildi. Saylovda Liberal-demokratik partiya nomzodi Shavkat Mirziyoyev 88,61 foiz to‘plagan holda g‘alaba qilib, respublikaning ikkinchi prezidentiga aylandi.

Saylovdagi davomat 87,83 foizni tashkil qildi, ya'ni saylovda MSK tomonidan ro‘yxatga olingan 20,429 million kishidan 17,942 million nafari qatnashgan.

Saylov jarayonini dunyoning 44 mamlakati hamda MDH, YeXHT, ShHT, IHT va Butunjahon saylov organlari tashkilotining 500dan ortiq kuzatuvchilari kuzatib borishdi.

Mavzuga oid