20:33 / 05.12.2016
4083

Gretsiya sudi Anqaraga uch turk zobitini topshirishdan bosh tortdi

Foto: © AP

Afina apellyatsion sudi dushanba kuni Anqaraga uch turk harbiy xizmatchisini topshirmaslikka qaror qildi. Ular 16 iyul kuni vertolyotda Turkiyadagi davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng qochib kelishgan, deb xabar bermoqda "Naftemporiki".

Grek sudyalarining fikricha, turk zobitlarining hayoti ularni davlatga topshirsa katta xavf ostida qoladi. Xuddi shunday fikr prokurordan ham chiqqan.

Seshanba kuni esa yana besh nafar turk harbiy xizmatchisining ishi ko‘rib chiqiladi.

Avvalroq, sakkiz nafar turk harbiysi davlat to‘ntarish harakatiga aloqasi yo‘qligi haqida da'vo qilgandi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada ularni qatl qilishlari mumkin. Anqara esa bir necha bora harbiy xizmatchilarni ularga topshirishni talab qilgan.

Mavzuga oid
Top