Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 09:17 / 05.12.2016
6277
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoydagi yirik YTH to‘qqiz kishini hayotdan olib ketdi
Foto: © AP Photo/ Ng Han Guan
Xitoyning janubi-g‘arbida avtobusning yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, 20 kishi jarohatlandi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
YTH Yunnan provinsiyasining Dexun okrugida, yakshanba kuni tunda yuz bergan. Avtobus qarama-qarshi harakatda bo‘lgan yuk mashinasiga borib urilgan.
Ma'lum qilishlaricha, shifoxonaga yotqizilgan 20 nafar jabrdiydadan uch nafarining jarohati og‘ir.
YTH sabablari o‘rganilmoqda.