08:07 / 05.12.2016
4280

Italiya bosh vaziri iste'foga chiqishi mumkinligi xaqida bayonot berdi

Foto: AFP

Italiya bosh vaziri Matteo Rentsi iste'foga chiqishi mumkin, deb xabar qilmoqda Bloomberg agentligi.

Rentsi mamlakatda konstitutsiyaviy islohot o‘tkazish bo‘yicha o‘tkazilgan referendumda mag‘lub bo‘lganini tan olgan hamda 5 dekabrda iste'fo berish niyatida ekanini bildirgan. 

«Men mag‘lub bo‘ldim, men buni ochiq aytaman», — degan italyan bosh vaziri. 

U shuningdek, islohotga norozilik bildirganlarni g‘alaba bilan qutlagan. Italiya bosh vazirining so‘zlariga ko‘ra, u faoliyatidan afsuslanmaydi. 

«Mening hukumatdagi tajribam shu yerda tugaydi», — degan Rentsi. 

 

Top