14:52 / 05.12.2016
7480

Karyakin raqibi Karlsen bilan bo‘lgan bahsdagi eng afsuslanarli lahza haqida gapirdi

Foto: AFP

Rossiyalik grossmeyster Sergey Karyakin shaxmat toji uchun norvegiyalik Magnus Karlsen bilan kechgan bahsdagi eng afsuslanarli lahza haqida gapirib o‘tdi. Bu haqda 5 dekabr kuni TASS xabar bermoqda.

«Afsuslanarli lahzalar bo‘ldi. Men o‘ninchi partiyani durang qilishim mumkin edi, ammo yutqazdim. Agar o‘shanda durang qilganimda, yakuniy g‘alaba uchun menda ikki marta mag‘lubiyatga uchramaslik qolardi. Shuni tan olib aytish lozim-ki, klassikadagi uchinchi va to‘rtinchi partiyalarda menga sal omad kulib boqdi. Magnus ulardan birida g‘olib chiqishi mumkin edi», — dedi Karyakin.

Shaxmat bo‘yicha jahon chempionligi uchun o‘tkazilgan bahs 11-30 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. Raqiblar 12 asosiy partiyada g‘olibni aniqlay olishmadi: sakkiz marta Karyakin, o‘n marta — Karlsen zafar quchdi. Qolganlari durang bilan yakunlandi. Shundan so‘ng g‘olib tay-breykda aniqlandi va unda Karlsen g‘olib bo‘ldi.
 

Top