19:29 / 05.12.2016
6297

«Kraysler»da atigi ikkita model qoldi

Foto: Motor.ru

Fiat Chrysler Automobiles (FCA) alyansi Sterling Xayts (Michigan shtati)dagi zavodda Chrysler 200 sedanini ishlab chiqarishni yakunladi, deb xabar berdi The Detroit News nashri. Shu tariqa “Kraysler”da faqatgina ikkita model qoldi – bular Pacifica miniveni va to‘rt eshikli Chrysler 300.

Chrysler 200 ishlab chiqarishdan olinishi haqidagi qaror joriy yilning yanvarida ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda avtomobil ishlab chiqaruvchining kelajakdagi rivojiga bag‘ishlangan rejasi oshkor etildi. Kompaniya bor e'tiborini Ram va Jeep modellarini chiqarishga qaratadi. Sababi bunday mashinalarga talab ortib bormoqda va amerikaliklarning aksariyati “sedanlardan pikap va yo‘ltanlamaslarga o‘tishmoqda”.

Chrysler 200 esa kompaniya umidlarini to‘la oqlamadi – sotuvlar hajmi menejment kutganidek katta bo‘lmagan. Model raqobatchilar mahsulotiga qaraganda qimmatroq bo‘lib, ularga faqat mashhurlik bo‘yicha imkoniyatni boy berdi. 

Sterling Xaytsdagi zavodda Ram 1500 kelasi avlod pikaplarini yig‘ish bir yildan so‘ng boshlanadi. Korxonani qayta jihozlashga 1,48 milliard dollar sarflanadi.

Top