Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevga tabrik yo‘llab, uni Ostonaga taklif etdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidentligiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Akorda xabar qilgan.
O‘z tabrigida Nursulton Nazarboyev saylov natijalari O‘zbekiston xalqining yuqori ishonchi va qo‘llab-quvvatlovidan dalolat ekanini qayd etgan.
U Shavkat Mirziyoyevning saylanishi ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar mustahkam holda saqlab qolinishini ta'minlashiga ishonch bildirgan.
«Aminmanki, Siz rahbarligingizda qardosh O‘zbekiston barqarorligi va xavfsizligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi keng miqyosli islohotlar davom ettiriladi», — qayd etiladi telegrammada.
Nursulton Nazarboyev o‘zaro hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirgan.
U O‘zbekistonning yangi rahbarini Ostonaga taklif etgan.
«Fursatdan foydalangan holda muloqotlarimizni Ostonada davom ettirish hamda Siz uchun qulay vaqtda Qozog‘istonga davlat tashrifini amalga oshirishingizni taklif qilaman», — deyiladi xabarda.
Qozog‘iston rahbari Shavkat Mirziyeyovga mustahkam sog‘liq va yangi rahbarlik lavozimida muvaffaqiyatlar, o‘zbek xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilagan.
Mavzuga oid
21:35 / 26.11.2025
Shavkat Mirziyoyev Prezident Olimpiadasi ishtirokchilarini qutladi
18:29 / 30.09.2025
Barchangiz el-yurt hurmati va ardog‘ida bo‘ling! - prezident o‘qituvchi va murabbiylarni tabrikladi
22:05 / 31.08.2025
Putin, Tramp, Si Jinping va boshqa qator davlatlar rahbarlari Shavkat Mirziyoyevni mustaqillik bayrami bilan tabriklashdi
20:50 / 29.07.2025