O‘zbekiston | 20:43 / 05.12.2016
16641
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Dumasidagilar O‘zbekistondagi saylov natijalariga munosabat bildirmoqda

Rossiya davlat dumasi delegatsiyasi kuzatuvchilariga rahbarlik qilgan xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mita rahbari Leonid Slutskiyning hisoblashicha, O‘zbekistondagi prezidentlik saylovida Shavkat Mirziyoyevning g‘alabasi Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari hamkorlik va qalin qo‘shnichilik ruhida saqlanib qolishini ta'minlaydi. Bu haqda«Interfaks» xabar tarqatgan.

«Mirziyoyev uzoq yillar davomida O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov jamoasida ishlagan. Ishonch bilan aytishim mumkinki, u prezident bo‘lib saylangach, ichki va tashqi siyosatda Karimov tomonidan yo‘lga qo‘yilgan siyosatni davom ettiradi», — degan Slutskiy.

Slutskiy O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi davomida «saylov natijalariga ta'sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jiddiy qoida buzilish holatlari kuzatilmagani» haqida qo‘shimcha qilgan.

Mavzuga oid