Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari portlashi sababi ma'lum qilindi
Qurilmalar diagnostikasi bilan shug‘ullanuvchi Instrumental kompaniyasi mutaxassislari Samsung Galaxy Note 7 smartfonini bo‘laklab, uning o‘z-o‘zidan alangalanib ketishi sababini ma'lum qildilar. Bu haqda Ubergizmo yozmoqda.
Muhandislarning aytishicha, akkumulyatorlar detallarning yomon joylashtirilgani sababli portlagan. Smartfon ichidagi butlovchi qismlar akkumulyatorni ezgan. Natijada akkumulyator alohida bo‘limda joylashtirilgan bo‘lganiga qaramasdan, detallar va akkumulyator orasidagi masofa juda kichik bo‘lgan.
"Kamroq sig‘imdagi akkumulyatordan foydalanish bu muammodan qochishga imkon berardi. Biroq unda smartfonning uzluksiz ishlashi undan avvalgi Note 5 va bevosita raqobatchisi iPhone 7 Plus’nikidan kamroq bo‘lardi", deyilmoqda Instrumental hisobotida.
Kompaniyada taftish hali ham davom etmoqda va uning natijalari 2016 yil oxirida ma'lum qilinadi. Kompaniya uchun smartfonning o‘z-o‘zidan alangalanib ketishi jumboq bo‘lib qolayotgani sababli, keyingi flagman model Galaxy S8 chiqarilishi cho‘zilib ketdi.
Note 7 modelidagi smartfonlar 2016 yil avgustida sotuvga chiqqandi, biroq oktabrda, smartfon alangalanib ketishi bilan bog‘liq ko‘plab holatlar qayd qilingandan keyin Janubiy Koreya kompaniyasi avval uni sotishni, keyinroq esa umuman ishlab chiqarishni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
19:00 / 29.08.2024