O‘zbekiston | 00:20 / 05.12.2016
54195
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev shtabida necha foiz saylovchilar ovoziga umid qilinayotgani ma'lum qilindi

Foto: © RIA

O‘zbekiston Respublikasi Liberal-demokratik partiyasi nomidan O‘zbekiston prezidenti saylovlarida ishtirok etayotgan Shavkat Mirziyoyev saylov shtabida nomzod 80 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda ovoz to‘plashiga umid qilinmoqda. Bu haqda partiya raisi o‘rinbosari Muxlisaxon Akromova RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qildi.

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiya 4 dekabrda O‘zbekistonda o‘tgan prezidentlik saylovlarining dastlabki natijalarini 5 dekabrning ikkinchi yarmida ma'lum qiladi. Saylov uchastkalari yopilishi vaqtida saylovda ishtirok etganlarning soni 87,83 foizni tashkil qilgan. 

"Kamida 80 foiz, bunga ishonchimiz komil. Bizda kayfiyat yaxshi, chunki biz bunga ishonamiz. Biz hozir raqamlarda hech narsa aytolmaymiz, biroq bizning ishonchimiz komil. Biz hozir yig‘ilmoqdamiz, hamma hududlardan kuzatuvchilar kelmoqda", deb aytgan Akromova.

 

Mavzuga oid