Şavkat Mirziyoyev 4 dekabr kuni bölib ötgan Özbekiston Prezidenti saylovida saylovçilarning eng köp — 88,61 foiz ovoziga ega böldi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo Uluğbek Abdusalomovning ma'lum qilişiça, saylovda, dastlabki ma'lumotlarga köra, Özbekiston Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi (ÖzLiDeP) uçun 15 906 724 fuqaro ovoz bergan.

Şavkat Mirziyoyev brifing vaqtida qisqa nutq sözladi. U öz nutqida saylovoldi dasturiga kiritilgan barça vazifalar bajarilişini bildirdi. U Özbekiston xalqiga farovonlik, tinçlik va baxt-saodat tiladi.

Qayd etiş kerakki, nomzod öz saylovoldi kampaniyasi davomida mamlakatning birinçi prezidenti Islom Karimov olib borgan siyosatni davom ettirişini ma'lum qilgan.

Söz oxirida Şavkat Mirziyoyev saylov kuzatuvçilariga minnatdorçilik bildirdi.